» » “Yunayted” maydonida durang o‘ynagan “Bornmut” ikki penaltini ura olmay ham “Vest Hem”ni taslim qildi

“Yunayted” maydonida durang o‘ynagan “Bornmut” ikki penaltini ura olmay ham “Vest Hem”ni taslim qildi


APL 28-turi “Manchester Siti”ning ochko yo‘qotishi bilan boshlangan bo‘lib, mazkur bellashuv “Barselona” — “PSJ” bilan bir kunda o‘tgani uchun muhokamadan chetda qolib ketgandi.

Kecha — 11-mart kuni mazkur turning yana 3 ta o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ular orasida eng qiziqarlisi “Bornmut” maydonida kechib, Eddi Xau shogirdlari “Vest Hem” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bellashuvda mezbonlar ikki penaltini ko‘kka sovurgan bo‘lishiga qaramay, yakunda g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Gollarning har uchtasi birinchi penaltini noaniq amalga oshirgan Joshua King hisobiga yozildi.

“Everton” o‘z maydonida “Vest Bromvich” ustidan yirik g‘alabaga erishgan bo‘lsa, ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan klublar o‘rtasidagi o‘yinda “Xall Siti”ning qo‘li baland keldi — 2:1.

Mazkur tur bugun bo‘lib o‘tadigan “Liverpul” — “Byornli” o‘yini bilan tugashi kerak. Qolgan uchrashuvlar Angliya kubogining chorak final o‘yinlari sabab boshqa muddatga qoldirilgan.

Angliya Premyer-ligasi
28-tur
8-mart, chorshanba

11-mart, shanba

Gollar: Maykl Antonio, 10 (0:1). Joshua King, 31 (1:1). Joshua King, 48 (2:1). Andre Ayyu, 83 (2:2). Joshua King, 90 (3:2).
Noaniq penaltilar: Joshua King, 9 (B). Benik Afobe, 37 (B).

Gollar: Kevin Miralyas, 39 (1:0). Morgan Shnayderlen, 45+1 (2:0). Romelu Lukaku, 82 (3:0).

Gollar: Baye Umar Niasse, 69 (1:0). Baye Umar Niasse, 78 (2:0). Alfi Mouson, 90+1 (2:1).

12-mart, yakshanba
“Liverpul” — “Byornli”

Опубликовано: admin (12-03-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют