» » Toshkent viloyatida tuman hokimligi xodimi 120 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida tuman hokimligi xodimi 120 ming dollar bilan qo‘lga olindi


Toshkent viloyatining Zangiota tumanida noqonuniy yer savdosi bilan shug‘ullangan hokimlik xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 17-dekabr, seshanba kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Zangiota tumani hokimligi umumiy bo‘lim mudiri A.T. va “M.G.S.” MChJ rahbari M.S. o‘zaro jinoiy til biriktirib, jamiyatga tegishli bo‘lgan Zangiota tumani, “Qatortol” qishlog‘i, “Navro‘z” massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro S.X.ga har bir sotixini 4 mingdan jami 120 ming dollarga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют