» » O‘zbekiston stendi Varshavada bo‘lib o‘tgan milliy oshxona festivalida ishtirok etdi

O‘zbekiston stendi Varshavada bo‘lib o‘tgan milliy oshxona festivalida ishtirok etdi


Polsha poytaxti Varshava shahrida Charity bazaar milliy oshxona xalqaro xayriya festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda O‘zbekiston vakillari “O‘zbekiston — Sharq gavhari” nomli stend bilan ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Festival tashkilotchilari tomonidan ta’kidlanishicha, tadbirning maqsadi milliy madaniy qadriyatlar, odatlar va san’at turlarini ommalashtirish, shu jumladan, kulinariya va turistik brendlarni targ‘ib qilish bo‘ldi.

O‘zbekiston stendidan mamlakatning Polshadagi elchixonasi vakillari tomonidan tayyorlangan o‘zbek milliy taomlari joy oldi. Shuningdek, festivalga tashrif buyurganlar milliy sopolchilik mahsulotlari, idishlar, atlas va adras, so‘zana, an’anaviy kiyimlar, mamlakatning tarixiy shaharlari aks etgan suratlar bilan tanishdi.

Tadbirda 7 xil o‘zbek milliy taomi taqdim etildi. Festival yakunida O‘zbekiston elchixonasiga “Sharqning eng xilma-xil taomlari” nominatsiyasida mukofot topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют