» » 8 tonnali palovni damlash uchun tayyorgarlik qanday ketmoqda? (video)

8 tonnali palovni damlash uchun tayyorgarlik qanday ketmoqda? (video)


Kecha, 6-sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Festival tashkilotchilari Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida bo‘ladigan eng yirik tadbir dasturi bilan tanishtirib o‘tishdi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.

Mazkur madaniy tadbir “Milliy” telekanali jamoasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Festival maqsadi — O‘zbekistonning madaniy qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish, mamlakatning boy badiiy merosi bilan o‘zbekistonliklar va xorijlik mehmonlarni tanishtirish, milliy madaniyat va san’atning eng yaxshi namunalarini xalqaro jamoatchilikka ko‘rsatish, sayyohlik salohiyatini namoyon etish.

Festival xalq sayli muhitini hosil qilib, o‘zida xalq hunarmandlarining yarmarkalari, xalq o‘yinlari va tomoshalari, bir qator milliy rusumlar, folklor shoularni mujassam etadi.

Festival dasturi jadvali:

Festivalning eng yorqin hodisasi 8 tonnaga teng o‘zbek milliy taomi — palovni tayyorlash bo‘ladi. Bu jarayonda Guinness World Records vakillari bevosita ishtirok etadi. Ekspertlar tayyorlangan palovning miqdori bo‘yicha jahon rekordini qayd etishadi.

Palov tayyor bo‘lgach, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylariga tarqatiladi.

Avvalroq, 8 tonnali palovga ketadigan masalliqlar haqida xabar berilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют