» » “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali yakunlandi

“Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali yakunlandi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida “Toshkent bahori” IV xalqaro opera va balet san’ati festivalining yopilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Unga turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining vakillari, san’at muxlislari, yoshlar taklif etildi.

Bu yilgi “Toshkent bahori” festivalida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlardan opera va balet ijrochilari ishtirok etdi. Festival kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida M.Bafoyevning “Sevgim samosi”, J.Verdining “Traviata”, “Trubadur”, N.Rimskiy-Korsakovning “Shoh qaylig‘i”, J.Puchchinining “Bogema” kabi operalari namoyish etildi. O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov hamda xorijlik opera ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturi tinglovchilarga ko‘tarinkilik, zavq, qalblarga jo‘shqinlik baxsh etdi.

Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi yoshlari ishtirokidagi hisobot konsertlari O‘zbekiston san’atning barcha turlari kabi raqs san’ati sohasida ham iste’dodlarga boy ekanini ko‘rsatdi.

Festival dasturi O‘zbekiston va rossiyalik balet ijrochilari ishtirokidagi P.Chaykovskiyning “Oqqush ko‘li” baleti namoyishi bilan nihoyasiga yetdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют