» » Navoiy nomidagi DAKTda rossiyalik mashhur balerina Diana Vishnyova chiqish qildi

Navoiy nomidagi DAKTda rossiyalik mashhur balerina Diana Vishnyova chiqish qildi


Sankt-Peterburgning Mariinskiy teatri bosh balerinasi, Rossiya xalq artisti Diana Vishnyova balet san’ati muxlislarini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatriga chorladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Xalqaro tanlovlar laureatining nafosat va qalb uyg‘unligidagi betakror raqslari ko‘plab tomoshabinlarni maftun etgan, san’ati yuqori baholangan. Diana Vishnyova jozibador raqslari bilan yana bir bor tomoshabinlarga unutilmas damlarni hadya etdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Kechada Jorj Bize va Rodion Shchedrinning bir aktli “Karmen-syuita” baleti, Mariinskiy teatri balet truppasi yakkaxonlarining “Don-Kixot”, “Oqqush ko‘li”, “Anna Karenina”, “Shahrizoda” spektakllari va boshqa baletlardan sahna ko‘rinishlari hamda xoreografik dasturlari namoyish etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют