» » Qarshidagi bog‘chada xotinini rashk qilgan er u yerda ishlovchi erkakni chavaqlab tashladi

Qarshidagi bog‘chada xotinini rashk qilgan er u yerda ishlovchi erkakni chavaqlab tashladi


Qarshidagi bog‘chada xotinini rashk qilib u yerda ishlovchi erkakni pichoqlab o‘ldirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 18-dekabr kuni soat 11:00 larda sodir bo‘lgan.

39 yoshli erkak A.B. 33 yoshli turmush o‘rtog‘i M.Q.ni 51 yoshli hamkasbi B.N.dan rashk qilib, oshxona pichog‘i bilan B.N.ning ko‘krak qafasining turli joylariga urib, bo‘ynidan kesib, qasddan o‘ldirgan.

Turmush o‘rtog‘ini ham o‘ldirmoqchi bo‘lganda hodisa joyiga yetib kelgan IIB xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют