» » Andijonlik erkak 50 yoshli xotiniga 5 marta, 18 yoshli qiziga 18 marta pichoq urib o‘ldirdi

Andijonlik erkak 50 yoshli xotiniga 5 marta, 18 yoshli qiziga 18 marta pichoq urib o‘ldirdi


Andijon viloyatining Asaka tumanida 50 yoshli erkak xotini va 18 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, voqea 16-dekabr kuni soat 02:00 larda yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro H.A. 50 yoshli turmush o‘rtog‘i D.A va 18 yoshli qizi X.X.ning doimiy e’tirozlaridan charchab, ulardan o‘ch olish maqsad qilgan.

U turmush o‘rtog‘i uxlab yotganligidan foydalanib, pichoq bilan ko‘krak qismiga 3 marotaba va biqin qismiga 2 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng, qizini oldiga go‘yoki kiyimlarini topib berishini aytib chaqirib, pichoq bilan ko‘krak qismiga 1 marotaba, biqin qismiga 5 marotaba, tanasining orqasiga 9 marotaba va bilak qismiga 3 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan H.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют