» » “Tottenhem” rekord narx evaziga o‘z stadioni nomini sotishga tayyor

“Tottenhem” rekord narx evaziga o‘z stadioni nomini sotishga tayyor


“Tottenhem” futbol klubi o‘zining uy stadioni nomini sotishga xaridor izlamoqda, deya xabar qilmoqda The Telegraph.

Londonliklar klubi buning uchun yiliga 25 million funt so‘ramoqda va kamida 15 yillik shartnoma imzolashni mo‘ljal qilgan. Shu orqali jamoa 375 million funt ishlab olishi mumkin. Hozircha birorta xaridor chiqmagan.

Agar mazkur loyiha amalga oshadigan bo‘lsa, u holda bu yiliga to‘lanadigan pul taraflama rekord bo‘ladi. Hozirda Torontodagi ko‘p funksiyali arena va Scotiabank o‘rtasidagi kelishuv bu borada eng qimmati hisoblanadi. 20 yillik bitm 488 million funtga baholangan (yiliga 24,4 million funt).

Angliya Premyer Ligasi klublari orasida esa “Manchester Siti”ning Etihad Airways bilan tuzgan shartnomasi eng qimmat bitm hisoblanadi — yiliga 21,9 million funt.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют