» » Och qoringa yeyish xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlar

Och qoringa yeyish xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlar


Apelsin, yogurt va sharbatlarni ertalab va kechqurun uchun juda foydali deb hisoblash odat bo‘lib qolgan. Sog‘lom yashash tarzini sevadiganlar kuch va energiya to‘plash uchun aynan ularni och qoringa yeydilar. Lekin, foydali deb hisoblanuvchi ba’zi oziq-ovqatlar och qoringa iste’mol qilinsa zarar keltirish xususiyatiga ega.

Sitruslilar va xom sabzavotlar. Meva va sut kislotalari hisobiga shilliq qavatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar sizga ertalabdan kletchatkalar zarur deb hisoblasangiz, avval suli bo‘tqasini yeng. U me’da devorlarini yomon ta’sirlardan himoya qiladi.

Banan. Tarkibidagi magniy hisobiga yurak va tomirlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Lekin bittadan ko‘p yeyilmasa, rezavor mevalar muammo tug‘dirmaydi.

Sovuq ichimliklar. Eng yaxshi variant— me’da-ichak yo‘llari faoliyati uchun zararsiz bo‘lgan biroz iliq suyuqlik ichish.

Qahva. Bu ichimlik shilliq qavatlarni bezovta qiladi, shuning uchun uni tez-tez va muntazam ravishda ichish tishlar emalini buzishdan tashqari gastrit kasalligini ham keltirib chiqaradi.

Shirinliklar. Ertalab me’da osti bezi shirinliklarni hazm qilishga yetadigan miqdorda insulin ishlab chiqaradigan ahvolda bo‘lmaydi. Shuning uchun qondagi shakar miqdori keskin oshishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan shirinlikni sevadiganlar diabet bilan kasallanishi xavfi mavjud.

Yogurt. Ertalab achigan sut mahsulotlarining mutlaqo foydasi yo‘q. Uyqudan turgandan keyin organizmda o‘zining immunitetga ta’sir qiluvchi va ichaklar harakatini ta’minlovchi foydali mikroorganizmlari yetarli bo‘ladi. Agar yogurt yoki chuchuk qatiq sizga foydali laktobakteriyalar manbasi sifatida zarur bo‘lsa, ularni tushlikdan 1-2 soat keyin iste’mol qilishingiz mumkin.

Manba: “Xitrosti jizni”

Опубликовано: admin (6-04-2017, 17:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют