» » Idlibda jangarilarning ikki hujumidan so‘ng 17 nafar suriyalik askar halok bo‘ldi

Idlibda jangarilarning ikki hujumidan so‘ng 17 nafar suriyalik askar halok bo‘ldi


Suriyaning Idlib viloyatida 19-dekabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan ikkita jangarilik hujumida 17 nafar Suriya askari halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.

“Interfaks”ning yozishicha, yana 42 kishi yaralangan, umumiy hisobda jangarilarning 200 nafari yaralangan va halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 19-dekabr kuni soat 21:45 da 300 ga yaqin jangari zirhli transport vositasi bilan Ajaz-Tell-Xazna hududida joylashgan Idlib shahridagi Sinjar qishlog‘iga o‘tishga uringan. Suriya harbiy kuchlari bunga javoban artilleriyadan o‘t ochib, aviatsiyadan foydalangan. Natijada jangarilar to‘xtatilib, soat 3:00 da ularning bostirib kirishiga butunlay barham berilgan.

Shu bilan birga, soat 10:05 da terrorchilik guruhining 400 ga yaqin a’zolari piyodalar jangovar mashinasi va yirik kalibrli pikaplar yordamida Idlibdagi Abu Dali shahriga o‘tish uchun Sukkayat —Zarzur qismidagi hukumat qo‘shinlariga hujum qilgan.

Hujum mina maydonida to‘xtatilib, Suriya qurolli kuchlarining birinchi bo‘linmalari ularni o‘qqa tutgan. Soat 2:00 da hujum qaytarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют