» » Suriya armiyasi Idlib janubidagi terrorchilar pozitsiyasiga hujum qilmoqda

Suriya armiyasi Idlib janubidagi terrorchilar pozitsiyasiga hujum qilmoqda


Suriya armiyasi xalq lashkari otryadi ko‘magida 4-yanvar, payshanba kuni Idlib janubi-sharqidagi oltita qishloqni “Jabhat an-Nusra” terrorchilaridan ozod qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hukumat kuchlari hozirda Tamanaa tumanidagi jangarilar istehkomidan 5 kilometr, Xon-Sheyxun shahridan 8 kilometr, “Jabhat an-Nusra” va uning uchun jang qiladigan “Axror ash-Sham” ekstremistik guruhining yirik kuchlari to‘plangan Jirjanaz shahridan 13 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Suriya harbiy kuchlari qo‘mondonligi Idlib janubida harbiy operatiya o‘tkazishni o‘tgan yilning dekabr oyi so‘nggida boshladi. Hukumat kuchlari 11 kun ichida 36 ta qishloq ustidan nazorat o‘rnatdi.

Turkiya bilan chegaradosh Idlib viloyati 2015-yilning boshida terrorchilar tomonidan ishg‘ol etilgan edi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют