» » Qamchiqdan odamlar evakuatsiya qilindi. FVV jabrlanganlar va talofatlar yo‘qligini ma’lum qildi

Qamchiqdan odamlar evakuatsiya qilindi. FVV jabrlanganlar va talofatlar yo‘qligini ma’lum qildi


“Toshkent—O‘sh” avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 228—253-kilometrlari oralig‘ida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan. Shu bois, FVVdan xabar berishlaricha, soat 8:00 dan boshlab Toshkent viloyatining “Chinor” va Namangan viloyatining “Sherobod” postlari oralig‘ida avtotransport harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: “Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligidan 45 ta texnika, 200 ga yaqin shaxsiy tarkib odamlarni dovondan evakuatsiya qilishga jalb etilgan. Ular 15 ta nazorat kuzatuv postlariga (ro‘yxat), “Qamchiq” otryadiga, qolaversa, Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi umumovqatlanish shoxobchalariga yetkazilgan.

“Qamchiqavtoyo‘l” korxonasi yo‘llarni qordan tozalash ishlariga 115 ta maxsus muhandislik texnikasi va 314 nafar mutaxassisni jalb etgan. FVVdan ma’lum qilishlaricha, ushbu vaziyat oqibatida jabrlanganlar yo‘q va talafotlar aniqlanmagan.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” Angren temiryo‘li orqali qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qo‘yilgani, “Ohangaron”, “Angren” va “Orzu” stansiyalaridan aholini evakuatsiya qilish ishlari tashkillashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir: Qamchiqdagi qor ko‘chkisi xavfi sababli “Toshkent—Pop—Toshkent” yo‘nalishiga vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qo‘yildi

“Hurmatli fuqarolar! ‘Qamchiq’ dovonida ob-havo barqaror bo‘lmaguniga qadar dovon orqali vaqtinchalik harakatlanmaslikni tavsiya etamiz”, — deyiladi FVV ma’lumotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют