» » Yoshlar ittifoqi Yoshlar ishlari agentligiga aylantiriladi

Yoshlar ittifoqi Yoshlar ishlari agentligiga aylantiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

“Kun.uz”ning xabar berishicha, Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi nodavlat notijorat tashkiloti o‘rnida tashkil etiladi.

Nashrning yozishicha, Prezidentning Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish tashabbusi yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident bosh vazir Abdulla Aripov, Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov hamda Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayevga bir oy muddat ichida agentlikni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishga topshiriq bergan.

Yoshlar ittifoqi matbuot xizmatidagi manba nodavlat notijorat tashkilot agentlikka o‘zgarayotganini tasdiqlagan va bir oy ichida katta ishlar amalga oshirilishini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi agentlik Prezident administratsiyasi qoshida tashkil etilishi kutilmoqda.

Yangi agentlik tashkil topganidan keyin Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari — agentlik direktori hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют