» » O‘zbekiston fuqarosi Malayziyadagi klinikada vafot etdi

O‘zbekiston fuqarosi Malayziyadagi klinikada vafot etdi


Joriy yil 28-dekabr kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga mamlakat fuqarosi S.N.ning bevaqt vafot etgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

U yurak xuruji tufayli Serdang kasalxonasiga yotqizilgan edi.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va jasadni vataniga yuborish uchun barcha zaruriy konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi. Malayziya va Bruney hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasiga +603-4253-4406 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют