» » Polshada 2 oydan beri davolanayotgan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Polshada 2 oydan beri davolanayotgan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi


21-oktabr kuni Polshadagi Mazovetsk o‘pka va sil kasalliklarini davolash markazida 23-avgustdan beri davolanayotgan O‘zbekiston fuqarosi B.R. vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi vaziyatni nazoratga oldi hamda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +48-22-894-62-30 (2)”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют