» » Turkiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Turkiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi


O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra “Gaziosmanpa?a E?itim ve Ara?t?rma Hastenesi” tibbiyot muassasasida uzoq vaqt qandli diabetdan aziyat chekkan O‘zbekiston fuqarosi Sh.T. 21-avgust kuni vafot etdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

18-avgust kuni Chanakkale viloyatidagi davlat kasalxonasida avgust oyi boshida yo‘l-transport hodisasi natijasida mazkur muassasaga joylashtirgan O‘zbekiston fuqarosi U.M. vafot etdi.

“Bosh konsulxona ushbu vaziyatlarni nazoratga olgan va hamyurtlarimizning jasadlarini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida marhumlarning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют