» » Turkiyadagi shifoxonada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Turkiyadagi shifoxonada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi


2019-yilning 11-iyun kuni “Haydarpasa Numune Hastanesi” tibbiyot muassasasida 1994-yil 15-avgustda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Rajabboyev Ozod Ravshanovich vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga tayanib xabar qilmoqda.

U avvalroq Istanbul shahrining Uskyudar tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida olgan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizilgan edi.

Bosh konsulxona tomonidan vafot etgan fuqaroning qarindoshlariga jasadni O‘zbekistonga olib borib dafn qilishlari uchun tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga mazkur YTH bo‘yicha tergovning borishi nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют