» » Rossiyaning “Ural” trassasida YTHga uchragan 8 nafar o‘zbekistonlikning biri vafot etdi

Rossiyaning “Ural” trassasida YTHga uchragan 8 nafar o‘zbekistonlikning biri vafot etdi


2019-yilning 6-iyun kuni Penza viloyatining Kuznesk tumanlararo kasalxonasida O‘zbekiston fuqarosi, 1983-yilda tug‘ilgan Sherali Patilloyev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

4-iyun kuni u va yana 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 “Ural” trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bosh miya jarohatlari bilan yuqorida qayd etilgan kasalxonaga joylashtirilgandi.

Marhumning jasadini vatanga qaytarishda konsullik-huquqiy ko‘mak berish va jarohatlangan yurtdoshlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bosh konsulxona tegishli choralarni ko‘rmoqda. Ular hozirda Kuznesk tumanlararo kasalxonasining jonlantirish va travmatologiya bo‘limlarida bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют