» » TIV Rossiyada go‘yoki O‘zbekiston fuqarosi fojiali halok bo‘lgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan izoh berdi

TIV Rossiyada go‘yoki O‘zbekiston fuqarosi fojiali halok bo‘lgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan izoh berdi


O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram tarmog‘ida noma’lum shaxslarning Tyumen shahrida go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda (hisob raqami ko‘rsatilgan) yordam berish so‘ralgan videomurojaati tarqatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.

Rossiya IIVning Tyumen viloyatidagi Boshqarmasi bergan xabariga ko‘ra, 2019-yilning 1-may kunidan boshlab olingan tezkor ma’lumotlarda O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani/halok bo‘lgani to‘g‘risida axborot yo‘q.

Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi - Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-343-272-31-66, +7-343-272-31-33, +7-965-519-42-22 (WhatsApp va Telegram).

Shuningdek TIV O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz chet elda yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qilishingizni tavsiya qiladi.

Ma’lumot uchun:

Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2. Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.

O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy. Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram kanali: @migration_uz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют