» » Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi pichoqda yetkazilgan jarohat oqibatida halok bo‘ldi

Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi pichoqda yetkazilgan jarohat oqibatida halok bo‘ldi


2019-yilning 31-may kuni Istanbul shahrining Chekmekoy dahasida (Turkiya) yuzaga kelgan mojaro natijasida 1988-yil 29-aprelda Namangan viloyatida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Hamzayev Odiljon Ahmadjonovich pichoqda yetkazilgan jarohat oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Marhumning qarindoshiga jasadni O‘zbekistonga yuborish masalasini yechish bo‘yicha konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan tekshiruv-tergov tadbirlari olib borilmoqda, gumonlanuvchi sifatida O‘zbekiston fuqarosi Sh.S. qo‘lga olingan

Bosh konsulxona mazkur masalani nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhum O‘zbekiston fuqarosining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +90-212-323-20-37, +90-212-229-00-75.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют