» » UzAuto Motors savdoning ilk kunida 85 dona Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox bo‘yicha shartnoma tuzdi

UzAuto Motors savdoning ilk kunida 85 dona Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox bo‘yicha shartnoma tuzdi


To‘rtta premium sinfga mansub Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etgan UzAuto Motors 85 nafar xaridor bilan yangi modellar sotuvi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya Axborot xizmati xabar bergan.

Xabarda qayd aytilishicha, Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun UzAuto Motors’ning barcha dilerlarida shartnoma imzolash mumkin. Tahoe hamda Traverse avtomobillari uchun shartnomalar esa Toshkent viloyatidagi Nurafshon Autocentre avtosalonida mavjud.

Mavzuga doir: 

Shuningdek, xabarda ushbu to‘rtta avtomobilning sifatlariga ta’rif berilgan.

Chevrolet Trailblazer. Dvigatelning hajmi 3,6 litr, 275 ot kuchi hamda to‘liq uzatmaga ega. Dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan, soatiga 100 km tezlik olishi uchun 9,1 soniya yetarli. Aralash sikl uchun yoqilg‘i sarfi 100 kilometr masofa uchun 9,7 litrni tashkil etadi.

Boshqaruvga qo‘shimcha tarzda audiotizim va kruiz nazorati, qiyaliklardan pastga tushadigan yordamchi tizim, yomg‘ir sezgich, bort kompyuteri, salonga kalitsiz kirish hamda Chevrolet MyLink dasturi ham taqdim qilinadi.

Trailblazer’da oltita xavfsizlik yostig‘i bilan bir qatorda, u kunduzgi chiroqlar, elektronik barqarorlikni boshqarish, shinalar bosimi signallari hamda boshqa qulayliklarga ega. O‘zbekistonda ushbu mashina sakkiz xil rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Traverse avtomobili 8 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan o‘rindiqlar va biznes sinfidagi keng yukxona, haydash rejimi va to‘liq uzatmaning ilg‘or tizimini tanlash funksiyasi, tashqi va ichki dizayn bilan ajralib turadi. 318 ot kuchiga ega avtomobil 7,8 soniyada 100 km/soat tezlikni zabt eta oladi. Intellektual to‘liq boshqaruv tizimi sirpanchiq yoki qorli yo‘llarda avtomobil boshqaruvini kuchaytiradi va old uzatmani tanlash qo‘shimcha yoqilg‘i tejashni ta’minlaydi. Chevrolet Traverse o‘zgaruvchan elektr boshqaruvi tizimi va besh richagli mustaqil orqa osma bilan jihozlangan. Avtomobil O‘zbekistonda besh xil rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Tahoe. Dizayni puxta o‘ylangan, qulay va shinam salonga ega, 8 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan, Chevrolet MyLink multimedia tizimiga ega, yangilangan 6,2 litrli V8 EcoTec dvigateli, 426 ot kuchiga ega.

Avtomobil 8 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ikkinchi va uchinchi qatorlarning o‘rindiqlari yig‘ilganda yukxonaning hajmi 2680 litrgacha yetadi.

Yo‘lning barqarorligi g‘ildirak bazasining uzunligi 2946 millimetr, yo‘lning yopiqligi — 200 millimetr bo‘shliq bilan ta’minlanadi.

Dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan, u 6,8 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi. 100 kilometr masofa uchun 9,7 litr yoqilg‘i sarflaydi.

Chevrolet Equinox. Yoqilg‘i idishi (benzobak) hajmi 59 litr, 2.0 turbo dvigatelga ega, iste’moli aralash siklida 100 kilometrga 8,2 litr yoqilg‘i sarflaydi. Avtomobilning tezlashish vaqti soatiga 7,8 soniyada 100 km/soatgacha. Mashinaning tashqi qismida salonni kalitsiz ochish, panoramali lyuk, eshik va yukxona bo‘limining elektrouzatmasi, svetodiodli orqa va old faralar mavjud. Isitiladigan va elektrbukiladigan oynalar.

Klassik holatda yukxona hajmi 67 litrni tashkil etadi va orqa o‘rindiqlar yig‘ilganda haydovchi 1627 litrga teng yukxona sig‘imiga ega bo‘ladi. Equinox ham O‘zbekistonda besh xil rangda taqdim qilinadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yildan Chevrolet Onix ishlab chiqariladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют