» » O‘zbekistonda Equinox, Trailblazer va Traverse ishlab chiqarish shu yilning oxirida yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Equinox, Trailblazer va Traverse ishlab chiqarish shu yilning oxirida yo‘lga qo‘yiladi


GM Uzbekistan premium segmentda Chevrolet Equinox krossoverini, Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamas va Chevrolet Traverse oilaviy krossoverini ishlab chiqarishni joriy yilning oxirigacha boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

“Shu yilning oxirida, ehtimol dekabrda yoki keyingi yilning boshida 3 ta yangi model ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ularning hajmi kam bo‘ladi. Biz talabdan kelib chiqib, ish tutamiz. Sotib olinmaydigan minglab Trailblazer ishlab chiqarishning nima keragi bor? Bozorga qancha mashina kerak bo‘lsa, shuncha chiqaramiz”, — deydi “O‘zavtosanoat” strategic rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Rustam Qodirov.

Uning aytishicha, umuman olganda premium segment katta talabga ega emas, hatto avtokonsern umumiy hajmining 10 foizi ham emas, chunki hammaning ham bunday avtomobil sotib olishga qurbi yetmaydi. Bugungi kunda O‘zbekistonda faqat sinov o‘tkazish va o‘rganish uchun 3 ta mana shunday model olib kelingan.

Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, GM Uzbekistan kelgusi yillarda budjet segmentida yangi avtomobilni taqdim etish niyatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют