» » Surxondaryoda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi


Surxondaryo viloyati Denov tumanidan o‘tuvchi yo‘lda traktorni quvib o‘tishga uringan “UAZ” bilan to‘qnashmaslik uchun rulni boshqa tarafga burib, yo‘l chetiga ag‘darilgan “VAZ-2107” avtomobining haydovchisi va uning ichida bo‘lgan yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

29-dekabr kuni 18:30 larda “Manguzar—Jarqo‘rg‘on—Bandixon—Oltinsoy—Denov” avtomobil yo‘lining 167-kilometrida 26 yoshli M.A. “UAZ” rusumli avtomobilini boshqarayotib, shu yo‘nalish bo‘ylab oldinda harakatlanib ketayotgan traktorni quvib o‘tish uchun yo‘lning qarama-qarshi harakat bo‘lagiga chiqqan.  Shunda mashina ortilgan yukning og‘irligi sababli ag‘darilib ketgan.

Shu yo‘nalish bo‘ylab qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 20 yoshli T.Sh. o‘z boshqaruvidagi “VAZ-2107” rusumli avtomobilini “UAZ” avtomobili bilan to‘qnashuvini oldini olish maqsadida rulni o‘nga burgan vaqtida, avtomobil boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 19 yoshli T.Sh. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomobili “UAZ” avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “VAZ-2107” avtomobili haydovchisi T.Sh. va 21 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Avtomobilning boshqa yo‘lovchilari Denov tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan X.F. va 1997-yilda tug‘ilgan J.J. turli darajadagi tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют