» » LUKOYLdan yangi yil sovg‘asi

LUKOYLdan yangi yil sovg‘asi


Yangi yil – bu shunday bir vaqtki, unda siz kimnidir orzusini amalga oshirishga harakat qilishingiz, eng xayrli ishlarni qilishingiz, odamlarga sovg‘alar berishingiz va g‘amxo‘rlik qilishingiz kerak.

Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining (RSHTYoIM) Buxoro viloyat filialiga tibbiy kislorod stansiyasi esa LUKOYLning Buxoro aholisiga chinakam yangi yil sovg‘asi buldi. Ushbu uskunaning respublikada o‘xshashligi yo‘q va Buxoro filiali bunday tibbiy uskunalarni o‘rnatgan birinchi shoshilinch tibbiy yordam muassasasiga aylanadi.

RSHTYoIMning Buxoro viloyat filiali direktori professor Madjit Kenjayevning ta’kidlashicha, kislorod stansiyasi bemorlarga yuqori sifatli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur uskunadir. Ilgari, markaz doimiy ravishda muhtoj bemorlarni tibbiy kislorod bilan muntazam ta’minlash masalasini hal qilishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelgan.

Shunday qilib, uning so‘zlariga ko‘ra, har kuni markazga 200 dan ortiq odamlar murojaat qiladi, ulardan 50 ga yaqin kishi doimiy kislorod bilan kasalxonaga yotqizilishga muhtoj.

Biz har kuni jarohatlangan va har xil kasalligi bor odamlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatamiz. Tibbiy kislorod stansiyasi shoshilinch bemorlarni tozalangan va sifatli kislorod bilan ta’minlash bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qiladi.

Bu O‘zbekistondagi butun shoshilinch yordam tizimi uchun oldinga qo‘yilgan katta qadamdir. Biz bunday zamonaviy uskunalar bilan respublikadagi birinchi markazga aylandik, boshqa shoshilinch tibbiy yordam markazlarida esa u hali mavjud emas. Endi biz o‘z stansiyamizdan foydalanib, uchinchi tomon ta’minotidan voz kechish va reanimatsiya ishonchliligini oshirish orqali kislorodli gaz aralashmalariga bo‘lgan ehtiyojni mustaqil ravishda qondirishimiz mumkin.

Shunisi e’tiborga loyiqki, endi ushbu kislorod stansiyasining yordami bilan qo‘shni hududlardagi boshqa shoshilinch tibbiy yordam markazlarining ehtiyojlari uchun kislorod balonlar to‘ldiriladi. Ko‘rsatilgan yordam uchun LUKOYL kompaniyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, chunki bizning markazimizni tozalangan kislorod bilan ta’minlashga qaratilgan yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash Buxoro viloyati aholisiga tibbiy yordam sifatini yangi darajaga ko‘taradi. Xayriya yordami uchun LUKOYLga minnatdorchilik bildiramiz.

Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filiali direktori professori, Madjit Kenjayev



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют