» » Andijonda “povorotnik”ni yoqmasdan burilgan Matiz YTHga uchradi. Yo‘lovchilardan biri halok bo‘lgan

Andijonda “povorotnik”ni yoqmasdan burilgan Matiz YTHga uchradi. Yo‘lovchilardan biri halok bo‘lgan


28-dekabr kuni soat 15:40 larda Andijon viloyati Marhamat tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

“Shahrixon—Asaka—Marhamat—Qizilqiya” avtomobil yo‘lining 30-kilometrida 1962-yilda tug‘ilgan A.R. Matiz rusumli avtomobilini boshqarayotib, ogohlantirish chirog‘ini yoqmasdan orqaga qayrilgan. Bu vaqt shu yo‘nalishda orqasidan harakatlanib kelayotgan Nexia Matiz’ning yon qismiga kelib urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda Matiz ichida bo‘lgan 50 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. 1988-yilda tug‘ilgan T.I. ismli yana bir yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют