» » Tyerri Anri “Barselona” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Tyerri Anri “Barselona” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin


AQShning “Monreal Impekt” klubi bosh murabbiyi Tyerri Anri “Barselona”da ish boshlashi mumkin.

Diario Sport’ning xabar qilishicha, fransiyalik mutaxassis jamoada Ernesto Valverdening o‘rnini egallashi mumkin. Anri “Barselona” sport direktori Erik Abidal bilan yaxshi munosabatda. Shuningdek u Lionel Messi, Serxio Buskets va Xerard Pike kabi futbolchilar bilan suhbatlashib turadi. Bundan tashqari, hozirda “Barselona”da ko‘plab fransiyalik futbolchilar to‘p surmoqda.

“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu ham jamoa sobiq hujumchisini bosh murabbiy rolida ko‘rishga qarshi emas. Biroq kataloniyaliklar rahbariyati Valverde bilan tushunmovchilik yuzaga kelmasligi uchun aprel oyiga qadar bosh murabbiy masalasini ko‘tarmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Anri Belgiya terma jamoasida Roberto Martinesning yordamchi murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va keyinchalik “Monako” ustoziga aylangandi. Biroq Anri monakoliklar boshqaruvida uzoq vaqt ishlay olmagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют