» » Afsonaviy hujumchi Tyerri Anri “Monako” bosh murabbiyiga aylandi

Afsonaviy hujumchi Tyerri Anri “Monako” bosh murabbiyiga aylandi


“Arsenal” hamda “Barselona” klubining sobiq hujumchisi Tyerri Anri Fransiyaning “Monako” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda monegasklar rasmiy sayti xabar berdi.

41 yoshli franiyalik mutaxassis “Monako” bilan 2021-yil iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Anri 2016-yildan shu vaqtga qadar Belgiya terma jamoasida bosh murabbiy Roberto Martinesning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Anri “Monako” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub safida 1994—1999-yillarda faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-oktabr sanasida qator omadsizliklardan so‘ng “Monako” portugaliyalik Leonardu Jardimni iste’foga chiqargandi. Klub joriy mavsumning 11 ta o‘yinida atigi bitta o‘yinda g‘alaba qozongandi, xolos. Liga 1 da esa 9 turdan keyin 6 ochko bilan jamg‘argan “Monako” 18-o‘rinni band etib  turibdi.

Jardim klub safida 2014-yil yozidan boshlab ishlab kelayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa Fransiya chempionatining 2016/17-yilgi mavsumida chempionlikka erishgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют