» » Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi


24-dekabr kuni Senat Kengashining umumiy ovqatlanish korxonalari va ta’lim tizimida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid qonun hujjatlarining ijrosini o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tgan, biroq mazkur tadbirga yozma ravishda taklif etilganiga qaramay sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov unda ishtirok etmagan edi.

Senat axborot xizmatining xabar berishicha, shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning Senat Kengashi kengaytirilgan majlisida ishtirok etmaganligi holati o‘rganib chiqilgan.

“Sog‘liqni saqlash vaziriga vazirlikda ijro intizomi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda Senatning murojaatiga mas’uliyatsizlik bilan yondashilganligi ko‘rsatib o‘tildi. Vazirlikning ijro intizomi buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Senati Kengashining 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida Senat raisi Tanzila Norboyeva umumiy ovqatlanish korxonalari va ta’lim tizimida Sog‘liqni saqlash vazirligining aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini saqlash bo‘yicha ishlari sezilmayotgani haqida gapirgan hamda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga qo‘shtirnoq ichida salom yo‘llagan edi.

25-dekabr kuni Alisher Shodmonov Norboyevaning salomiga javob yo‘llab, Senat majlisiga taklif qilinmagani uchun bormaganini aytgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 135) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют