» » Prezident Virtual qabulxonasiga Bektemir, Mirobod va Yashnobod tumanlari aholisidan qariyb 28 ming murojaat tushdi

Prezident Virtual qabulxonasiga Bektemir, Mirobod va Yashnobod tumanlari aholisidan qariyb 28 ming murojaat tushdi


Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida 6-aprel kuni Toshkent shahrining Bektemir, Mirobod, Yashnobod tumanlari aholisidan O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Markaziy bank, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari, davlat qo‘mitalari rahbarlari, Toshkent shahar, Bektemir, Mirobod va Yashnobod tumanlari hokimliklari mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, ularning ijrosini ta’minlashga davlat idoralari rahbarlari shaxsan javobgar ekani ta’kidlandi.

Joriy yilning 5-aprel kuniga qadar Prezident Virtual qabulxonasiga Bektemir, Mirobod va Yashnobod tumanlari aholisidan 27 700 ga yaqin murojaat tushgan. Ularning qariyb 89 foizi ko‘rib chiqilgan, qolganlari ijroda.

Murojaatlarni o‘rganish fuqarolarning asosiy qismini (qariyb 20 foizi) uy-joy qurish, yer ajratish va ta’mirlashga oid masalalar tashvishga solayotganini ko‘rsatdi.

“Oilamiz katta, – dedi Yashnobod tumanining Uysozlar mahallasida istiqomat qilayotgan Sayfullo Botirov. – Ota-onam, men oilam, buning ustiga ukamni ham uylantirish taraddudidamiz. Lekin ikki xonali kvartirada shuncha odam qanday qilib yashashi mumkin?! Shu bois sayyor qabulga kelib, arzimni bayon qildim. Toshkent shahar hokimligi mas’ullari murojaatimni ko‘rib chiqib, Sergeli tumanida qurilayotgan arzon uy-joyga ariza berishni taklif etdi. Uylar ipoteka krediti asosida taqdim etilishi menga juda manzur bo‘ldi”.

“Murojaatlar tahlili asosida qaysi sohalarda yechimini kutayotgan muammolar borligi ayon bo‘lmoqda, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bektemir tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Zufar Mahmudov. – Prezidentimizning Bektemir tumanidagi Xalq qabulxonasiga shu kunga qadar aholidan 2860 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Tuman hokimligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda ularni hal etish masalasiga e’tibor kuchaytirilmoqda. Shu bilan birga, bu muammolarni yuzaga keltirayotgan sabablarni ham o‘rganmoqdamiz. Bugungi sayyor qabul davomida turli sohalar mutaxassislari tomonidan odamlarni o‘ylantirayotgan dolzarb mavzular yuzasidan aholiga tushuntirishlar berildi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют