» » Nevarasining kontrakt pulini to‘lashga qiynalib qolgan kosonsoylik otaxonga Xalq qabulxonasi homiylik hisobraqami ochib berdi

Nevarasining kontrakt pulini to‘lashga qiynalib qolgan kosonsoylik otaxonga Xalq qabulxonasi homiylik hisobraqami ochib berdi


O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi Tursunxon Xudaybergenov Namangan viloyati shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA.

Chust tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat boshqarmalari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, Kosonsoy, Pop, Chust tumanlari hokimlari va ushbu tumanlar ijtimoiy-iqtisodiy, huquq-tartibot idoralari mutasaddilari, tadbirkorlar, faxriylar, yoshlar ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Chust, Kosonsoy, Pop tumanlaridagi fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, keksalar, xotin-qizlar tomonidan Prezident virtual qabulxonasiga, Prezidentning joylardagi Xalq qabulxonalariga tushgan yozma va og‘zaki murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga yechim izlandi.

Mening qaramog‘imda bo‘lgan nabiram universitetning jismoniy tarbiya fakultetida to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydi. To‘lov borasida biroz qiynalib, xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edim. Bugun ushbu qabulda tuman rahbariyati tomonidan nabiram nomiga bankda hisobraqami ochilib, homiylik yordami berish chorasi ko‘rilgani aytildi. Bunday ezgu ishlarning tashabbuskori bo‘lgan Prezidentimizdan minnatdormiz.

Ne’matjon Rahmatullayev, kosonsoylik mehnat faxriysi

O‘zAning yozishicha, sayyor qabulda fuqarolarning uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer maydoni, kredit ajratish, kommunal va ijtimoiy xizmatlarga taalluqli turli mazmundagi murojaatlari ko‘rib chiqildi, ularni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimlari va tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 00:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют