» » Prezident devoni mas’ul xodimlari Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida sayyor qabullar o‘tkazdi

Prezident devoni mas’ul xodimlari Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida sayyor qabullar o‘tkazdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari ishtirokida Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhi xabar bermoqda. 

14—15-mart kunlari Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Dehqonobod, Chiroqchi tumanlari hamda Qarshi shahrida, 18-martda Toshkent shahrida, 19 va 22-mart kunlari Toshkent viloyatining Bo‘ka va Bo‘stonliq tumanlarida ana shunday ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar tomonidan o‘rtaga qo‘yilayotgan muammolarni joyida ko‘rib chiqish va qonunda belgilangan tartibda hal etishdan iborat bo‘ldi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari qatnashgan muloqotlarda asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi hamda Xalq qabulxonalariga shikoyat va arizalar bilan murojaat etgan 3 mingdan ziyod fuqaro ishtirok etdi. Ular o‘zlarini qiynab kelayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga bevosita murojaat etish imkoniga ega bo‘ldi.

Sayyor qabullar davomida aholidan uy-joy, yer masalalari, namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan uy-joylardan olish, sud-huquq masalalari, kredit, bandlik, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik, moddiy yordam, bepul ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha eng ko‘p murojaatlar tushdi.

Tadbirlarda murojaatlarning aksariyat qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi, qolganlari bo‘yicha tuman, shahar va viloyat mutasaddi idora hamda tashkilotlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют