» » Yodgor Sa’diyev “Shaytanat”ning 20 yil davomida televideniyeda nima uchun namoyish etilmaganini ma’lum qildi

Yodgor Sa’diyev “Shaytanat”ning 20 yil davomida televideniyeda nima uchun namoyish etilmaganini ma’lum qildi


O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev nima sababdan “Shaytanat” serialini televideniyeda namoyish etish  taqiqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammad bilan bo‘lib o‘tgan intervyuda gapirdi.

Qayerdadir, kim tomonidandir va nima uchundir serial namoyish etilmasligi haqida og‘zaki ko‘rsatma berilgan. Qayerdadir gapirilgani, u yoki bu sababdan namoyish taqiqlanayotgani haqida hech qanday yozma tushuntirish bo‘lmagan. Men buning barchasiga sabr qildim. Agar menga “Mana bu aniq sabab bo‘yicha serialni yopayapmiz”, deb aytishganida, men o‘shanda nimadir qilgan bo‘lar edim. Men sabr qildim va 20 yil kutdim. Bilasizmi, ularning o‘zi ham aniq sababni bilmaydi. Biroq, ko‘rib turganimizdek, zamon o‘zgarmoqda.

Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston xalq artisti

Aktyorning fikricha, film mafiyaning va jinoyat olamining romantik obrazi yaratilgani sababli yoqmagan bo‘lishi mumkin. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, filmda aks etgan ba’zi voqealar o‘sha yillarning realligi bo‘lgan.

Serialning nima uchun televideniyeda namoyish etilishi cho‘zilayotganiga javoban aktyor bunga texnik sabablarni ko‘rsatib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida “O‘zbekiston” telekanalida serialga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etiladi. Bu ko‘rsatuv “Shaytanat”ning televideniyeda namoyish etilishidan oldin efirga uzatiladi.

Yodgor Sa’diyevning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda serialni zamonaviy qurilmalarga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Ikkita qism bo‘yicha ish qolgan.

Aktyorning aytishicha, filmni yaratishda o‘sha vaqtdagi O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Zokir Almatov katta yordam bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2020, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют