» » Bag‘dodda namoyishchilar AQSh elchixonasida yong‘in keltirib chiqardi

Bag‘dodda namoyishchilar AQSh elchixonasida yong‘in keltirib chiqardi


Iroqdagi shia ko‘ngillari tarafdorlari Bag‘dodda to‘siqlarni buzib, AQSh elchixonasi hududiga bostirib kirdi, shundan so‘ng diplomatik missiya hududida yong‘in keltirib chiqardi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Agentlik muxbiri elchixona avtoturargohi oldida yong‘in bo‘layotganini payqagan. Bundan avval namoyishchilar elchixona hududiga yonuvchi modda bilan to‘ldirilgan shishalarni uloqtirgan, shuningdek, qo‘riqchilarning uchta treyleriga o‘t qo‘ygan edi.

Elchixona oldida namoyish AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan shia jangovar guruhlaridan birining lageriga berilgan zarba munosabati bilan bo‘lib o‘tgan — aviahujum oqibatida 25 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

#??????: #???_??????? ? #????_??????? ????? ??????? #??????? ???? ?????? ?????? ??????? ????????? pic.twitter.com/THAU7f6rcW

— ????? (@AlHadath) December 31, 2019

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, elchixona evakuatsiya qilingan. Al Arabiya ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning Bag‘doddagi elchisi Metyu Toller noma’lum yo‘nalishda jo‘nab ketgan.

AQSh harbiy havo kuchlari 29-dekabr kuni “Kataib Hizbulloh” guruhining lageriga hujum qilgan edi. Reuters’ning xabar berishicha, bu Iroqdagi harbiy bazani o‘qqa tutish vaqtida Amerika fuqarosining o‘ldirilishi uchun qasos bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2020, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют