» » Iroqda Bahrayn elchixonasi oldida namoyish o‘tkazgan 50 dan ortiq shaxs ushlandi

Iroqda Bahrayn elchixonasi oldida namoyish o‘tkazgan 50 dan ortiq shaxs ushlandi


Bog‘dodda joylashgan Bahrayn elchixonasi oldida namoyish o‘tkazgan 50 dan ortiq kishi politsiya tomonidan hibsga olindi, deb xabar berdi “Kommersant.ru”.

Namoyishchilar biroz avval Bahraynda Falastin kelajagiga bag‘ishlab o‘tkazilgan iqtisodiy seminardan norozilik bildirgan.

“Rivojlanish uchun tinchlik” mavzusida o‘tkazilgan forum AQSh tashabbusi bilan chaqirilgan edi.

27-iyun kuni Bahraynning Iroqdagi elchixonasi oldida 200 ga yaqin odam to‘plandi.

Miting ishtirokchilari elchixonasi binosidan bahrayn bayrog‘ini tushirib qo‘ygan. Keyin namoyishchilar elchixona binosiga bostirib kirgan, politsiya ularni to‘xtatish uchun o‘q uzgan.

Otishma paytida jarohatlanganlar yoki qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют