» » Bahrayn Qatarni amaldagi rejimni ag‘darishga urinishda aybladi

Bahrayn Qatarni amaldagi rejimni ag‘darishga urinishda aybladi


Bahrayn Qatar rahbariyatini o‘ziga qarshi fitnada aybladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

2011-yili Bahraynda hukumatga qarshi g‘alayonlar va norozilik harakatlari avj olgan edi. Bahrayn davlat televideniyesi o‘sha paytda Qatar bosh vaziri Hamad bin Jasim at-Taniy Bahraynning “al-Vifoq” muxolif harakati yetakchisi shayx Ali Salmon bilan o‘tkazgan suhbati yozuvlarini e’lon qildi.

Yozuvda aks etishicha, sobiq bosh vazir ekanligi aytilayotgan shaxs g‘alayonlar rahbarini “aksiyalarni to‘xtatmaslik”ka chaqirgan.

Bundan tashqari, suhbatdoshlar Bahrayn “mustaqilligiga bolta urish va amaldagi rejimni ag‘darish” maqsadida xatti-harakatlarini muvofiqlashtirgani aytilmoqda.

Ayni paytda mamlakat prokuraturasi bu yozuvlarni o‘rganmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют