» » Qatar arab “to‘rtligi” tashqi ishlar vazirlarining Manamadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotini rad etdi

Qatar arab “to‘rtligi” tashqi ishlar vazirlarining Manamadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotini rad etdi


Qatar o‘ziga nisbatan boykot e’lon qilgan mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining Manamadagi uchrashuvi yakunida qabul qilingan bayonotda keltirilgan, tanglikdan chiqish bo‘yicha muzokaralar uchun shartlarni rad etadi. Bu haqda Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon Al Taniy aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr tashqi ishlar vazirlari 30-iyul, yakshanba kuni Qatar avvalroq ilgari surilgan “talablarni bajarish uchun samimiy xohish bildirsa”, u bilan muzokaralarga tayyorligini e’lon qilgan edi. Bunda gap arab “to‘rtligi” tomonidan Dohaga inqiroz boshida ma’lum qilingan 13 ta shartdan iborat ro‘yxat haqida bormoqda.

Bu mamlakatlar Qatarga qarshi qabul qilingan choralar ularning suvereniteti va milliy xavfsizligiga aloqador deya ta’kidlamoqda, aksincha, bu qadamlar (ya’ni, boykot) xalqaro huquqqa va odamning ko‘chib yurish erkinligiga ziddir”, — dedi vazir.

Al Taniyning fikricha, Manamadagi uchrashuv arab mamlakatlari amirlikka joriy etilgan sanksiyalar noqonuniy ekanligini tan olishdan bosh tortgan holda, Qatarga nisbatan “murosasiz siyosat olib borishda davom etayotgani”ni ko‘rsatdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют