» » Qozog‘iston TIV rahbari Qatar amiri bilan Suriya bo‘yicha Ostona muzokaralarini kengaytirishni muhokama qildi

Qozog‘iston TIV rahbari Qatar amiri bilan Suriya bo‘yicha Ostona muzokaralarini kengaytirishni muhokama qildi


Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov va Qozog‘istonda tashrif bilan bo‘lib turgan Qatar amiri shayx Tamim Bin Hamad At-Taniy Suriyadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha Ostona muzokaralar jarayonining borishi va undagi ishtirokchilar tarkibini kengaytirish imkonini muhokama qildi. Bu haqda, Qozog‘iston TIV matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Axborotda qayd etilishicha, tomonlar xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari, shu jumladan, Suriyadagi vaziyat, Ostona muzokaralar jarayoni hamda unga Arab mamlakatlari, xususan, Qatarni jalb qilgan holda ishtirokchilar tarkibini kengaytirish imkoniyatlarini qizg‘in muhokama qilgan.

Suhbat davomida Abdraxmanov prezident Nursulton Nazarboyevning 2017-yil 10—11-sentabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorligi tashkilotining ilm-fan va texnologiyalarga bag‘ishlangan birinchi sammitida ishtirok etish bo‘yicha Qatar amiriga yuborgan shaxsiy taklifini yetkazdi. O‘z navbatida, TIV rahbari Qatar islom dunyosida va undan tashqarida ilm-fan va texnologiyalar sohasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shayotganini e’tirof etdi.

Avvalroq Qozog‘iston TIV Suriyadagi vaziyat bo‘yicha xalqaro Ostona muzokaralarining kuzatuvchilari doirasini kengaytirishni mo‘ljallayotgani xabar qilingan edi.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют