» » JAR davlat xavfsizligi vaziri: chet el agentlari mamlakatda rejimni almashtirishga tayyorlanmoqda

JAR davlat xavfsizligi vaziri: chet el agentlari mamlakatda rejimni almashtirishga tayyorlanmoqda


Janubiy Afrika Respublikasi davlat xavfsizligi vaziri Devid Maxlobo parlamentdagi chiqishi chog‘ida chet el hukumatlarining agentlari mamlakatda amaldagi rejimni almashtirish maqsadida harakat qilayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Ba’zi hukumatlar o‘zlarining tor milliy manfaatlari yo‘lida yashirin taktikadan foydalanadi va boshqa mamlakatlardagi vaziyatni izdan chiqarishga urinadi. O‘tgan yili ular ichki kuchlar bilan sherikchilikda o‘z sa’y-harakatlarini davom ettirdi, bizning demokratik va konstitutsion yutuqlarimizni yo‘qqa chiqarishga urindi”, — ma’lum qildi vazir.

Uning so‘zlariga qaraganda, shu maqsadlarda tilga olingan kuchlar OAVdan, nohukumat tashkilotlaridan, chet el kompaniyalaridan foydalanib kelmoqda. Uning ta’kidlashicha, agentlar muxolifat faoliyatini moliyalashtiradi, vazirliklar va diniy tashkilotlar tarkibiga kirib olib, ularning xodimlarini o‘ziga og‘dirib oladi.

Maxlobo fikr erkinligi va ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik masalasida muvozanatni topishga chaqirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют