» » APL. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Everton”ni mag‘lub etdi (video)

APL. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Everton”ni mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 21-turi doirasida 1-yanvar, chorshanba kuni Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” o‘z maydonida Karlo Anchelotti boshqaruviga o‘tgan Mersisaydning “Everton” klubini qabul qildi.

Uchrashuv davomida “mankunianlar” hujumchisi Gabriel Jezus (51, 58)ning dubliga mehmonlar Risharlison (71)ning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “shaharliklar” o‘z uyida kechgan bahsda “Everton”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Gavrdiola shogirdlari ochkolari sonini 44 taga yetkazdi va jamoa musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Everton” esa 25 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

APL

21-tur bahslari

1-yanvar, chorshanba

Gollar: 1:0 — 51 Jezus, 2:0 — 58 Jezus, 2:1 — 71 Risharlison

Gollar: 1:0 — 4 Kentuell, 2:0 — 85 Uikhem

Gollar: 1:0 — 17 Nobl, 2:0 — 25 Aller, 3:0 — 35, penalti Nobl, 4:0 — 66 Felipe Anderson

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2020, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют