» » PSJ “Tottenhem” yetakchisiga yiliga 12 mln yevro maosh to‘lashga tayyor

PSJ “Tottenhem” yetakchisiga yiliga 12 mln yevro maosh to‘lashga tayyor


“Tottenhem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikola Skiraning xabar qilishicha, parijliklar klubi 27 yoshli daniyalik futbolchiga yiliga 12 million yevro maoshga ega 2025-yilga qadar mo‘ljallangan bitm taklif qilmoqda.

Parisfans versiyasiga ko‘ra, PSJ Eriksenga to‘rt yillik shartnoma taklif qilgan va yiliga 10 million yevro maosh berishga tayyor.

Shuningdek, Kristianga “Inter”dan ham qiziqish bor. Agar milanliklar “Barselona” yarim himoyachisi Arturo Vidalni qo‘lga kirita olmasa, bor e’tiborini Daniya terma jamoasi futbolchisiga qaratmoqchi, deya xabar qilmoqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluka Di Martsio.

Eriksen avvalroq londonliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamagandi. Uning amaldagi kelishuvi 2020-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Hozirda futbolchi boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2020, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют