» » Norvegiya poytaxtida 2019-yil davomida birorta piyoda halok bo‘lmadi

Norvegiya poytaxtida 2019-yil davomida birorta piyoda halok bo‘lmadi


2019-yilda Norvegiya poytaxti Osloda o‘lim bilan yakunlangan bitta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Mashina panjaraga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgan, deb xabar beradi TJournal.

Shu bilan birga yil davomida piyodalar yoki velosipedlar ishtirokida birorta ham YTH sodir bo‘lmagan.

Norvegiya o‘tgan yil davomida mamlakat yo‘llarida birorta ham bolalar o‘limi qayd etilmagani bilan ajratib turadi.

So‘nggi o‘n yillik ichida o‘lim darajasi nafaqat poytaxtliklar, balki butun mamlakat uchun kamaygan: 1970-yilda 560 kishi halok bo‘lgan, ularning 101 nafari bolalar. 1985-yilda esa 482 kishi, 2019-yilda esa 110 kishi YTH qurboni bo‘lgan. 1975-yilda Oslo yo‘llarida 41 kishi halok bo‘lgan.

Vaziyatning yaxshilanishiga shahar ichida tezlikning sezilarli darajada kamaytirilgani va Osloning markaziy tumanlarida avtomobil yo‘llarining qisqartirilgani, shuningdek, sifatli yo‘l qoplamalari va zamonaviy jihozlangan avtomobillar sabab bo‘lgan. Bundan tashqari Norvegiyada velosipedlar juda ham ommalashgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda bir kunda piyodalar ishtirokida 10 ta YTH yuz berdi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda mamlakatda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2262 kishi halok bo‘lgan. 2019-yilgi ma’lumotlar hali oshkor etilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют