» » Milliy gvardiya qo‘mondoni Ozodbek Nazarbekovni taqdirladi

Milliy gvardiya qo‘mondoni Ozodbek Nazarbekovni taqdirladi


O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi o‘tgan 2019-yil davomida tizimda amalga oshirilgan bir qator islohotlar va yangiliklarga bag‘ishlangan yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar berishicha, unda samarali hamkorlik qilganligi uchun bir qator hamkor vazirlik va idoralar vakillari mukofotlandi.

Xususan, tadbir davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Toshmatov tomonidan O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekovga Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilgan.

Tashakkurnoma Ozodbek Nazarbekov shaxsiy tarkibning jangovar va vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga, Vatan himoyachilarining ona yurtga muhabbat tuyg‘ularini oshirishga xizmat qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlariga katta hissa qo‘shgani uchun berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют