» » “Real” yana bir braziliyalik iqtidorni sotib oladi

“Real” yana bir braziliyalik iqtidorni sotib oladi


“Flamengo” klubi yarim himoyachisi Reyner faoliyatini “Real”da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda El Chiringuito xabar berdi.

Madrid klubi 17 yoshli futbolchi transferini yakunlash jarayonida turibdi. Reyner “Real”ga o‘tgan taqdirda klubning ikkinchi jamoasi safida faoliyat olib boradi.

Joriy mavsum futbolchi “Flamengo” safida 15 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida oltita gol va ikkita golli uzatma mavjud. Uning Braziliya klubi bilan shartnomasi 2024-yil 31-oktabriga qadar tuzilgan. Reynerning transferi 25 mln yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, “Real” tarkibida Marselo, Kazemiro, Eder Militao, Rodrigo, Vinisius Junior kabi braziliyaliklar bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют