» » UzAuto Motors kompaniyasi IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda


UzAuto Motors kompaniyasi IPO o‘tkazishni va o‘z aksiyalarini savdoga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Kompaniyaning strategik rejalashtirish, tahlil va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirovning aytishicha, IPO’ga tayyorlanish jarayoni bir yarim—ikki yilni oladi. Kompaniya tomonidan investitsion bankni jalb qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan.

Aksiyalar savdosini mahalliy va yirik xalqaro birjalarda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda kompaniyaning yagona egasi davlat hisoblanadi, uning barcha aksiyalari “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli. “O‘zavtosanoat”ning o‘zi esa 100 foiz Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют