» » DXX Chegara qo‘shinlari o‘zbek—qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan mojaro tafsilotlarini ma’lum qildi

DXX Chegara qo‘shinlari o‘zbek—qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan mojaro tafsilotlarini ma’lum qildi


Qirg‘iziston—O‘zbekiston davlat chegarasida janjal kelib chiqib, Qirg‘iziston fuqarolari va O‘zbekiston chegarachilari urushib qolgani haqida xabar berilgan edi.

DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati voqea bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Qayd etilishicha, 6-yanvar kuni soat 13:30 larda Namangan viloyati Pop tumanining Oq-Kurcha hududida o‘zbek chegarachilari davlat chegarasini buzgan shaxslarni payqagan. Ular O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidan 1,5 kilometr masofa ichkariga kirib kelib, 500 boshga yaqin mayda shoxli qoramolni o‘tlatib yurgan.

O‘zbekiston chegarachilari chegarani buzish joyiga kelishlidan oldin qirg‘iz cho‘ponlar qishloqdagi podaning katta qismini Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-Buqa tumani Arab aholi punktiga haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan. Podaning qolgan qismi ko‘rsatilgan hududda qolgan.

Yo‘nalish va erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston chegarachilari qoramol hamda qo‘shni davlat fuqarolarini Qirg‘iziston Respublikasi hududiga chiqarib yuborgan.

“Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara idoralari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, chegara hududi aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют