» » Zelenskiy Eronda halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari va ekipaj a’zolarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Zelenskiy Eronda halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari va ekipaj a’zolarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Eronda mamlakat yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan bayonot berdi.

“Yaqin Sharqdan qo‘rqinchli xabarlar. Bugun Tehrondagi imom Humayniy xalqaro aeroportidan parvoz chog‘ida Ukraina xalqaro aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi va aeroport atrofiga quladi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Elchixonamiz fojia tafsilotlari va qurbonlar ro‘yxatiga aniqlik kiritmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Zelenskiy Eronda halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari va ekipaj a’zolarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 1) ( 76) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...