» » Eron AQSh harbiy obyektlariga zarba berilishi haqida Iroqni ogohlantirgani ma’lum bo‘ldi

Eron AQSh harbiy obyektlariga zarba berilishi haqida Iroqni ogohlantirgani ma’lum bo‘ldi


Eron AQSh harbiy obyektlariga zarba berilishi haqida Iroqni ogohlantirgan. Bu haqda Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdi ma’lum qildi, qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Biroq ogohlantirish tunda berilgan va zarbalarning aniq manzillari aytilmagan.

Eron zarbalar faqat AQSh armiyasi marralariga qaratilishini bildirgan. Hozirda Iroq rasmiylarida mahalliy va koalitsiya kuchlari saflaridagi qurbonlar haqida ma’lumotlar mavjud emas.

“Iroqda AQSh harbiylari va koalitsiya kuchlariga raketa zarbalari berilgani mamlakat, mintaqa va dunyoda vayronkor urushni keltirib chiqaradi. Agar zarbalar haqida oldindan bilganimda, iroqlik harbiylarni darrov ogohlantirgan bo‘lardim. Iroq o‘z suvereniteti va hududiga daxl etilishini keskin rad etadi”, — dedi Odil Abdul Mahdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют