» » Iroqdagi AQSh harbiy bazalarining Eron raketalari hujumidan keyingi holati aks etgan suratlar (foto)

Iroqdagi AQSh harbiy bazalarining Eron raketalari hujumidan keyingi holati aks etgan suratlar (foto)


8-yanvar kuni Eron bergan avizarba oqibatida Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad Amerika bazasining holati aks etgan kadrlar tarqaldi. Bu haqda Bloomberg xabar qilgan.

Sun’iy yo‘ldosh orqali olingan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda AQSh harbiy bazasidagi kamida to‘rtta nuqta jiddiy talofat ko‘rganini payqash mumkin. Suratlar butunjahon muvofiqlashtirilgan vaqti (UTC) bilan 07:52 da olingan.

Hujum oqibatida bir nechta qiruvchi samolyot talofat ko‘rgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra bir nechta samolyot yo‘q qilingan. AQSh prezidenti Donald Tramp uyushtirilgan hujumdan talofat ko‘rganlar va halok bo‘lganlar yo‘qligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish tizimi vaqtida ishga tushgan va bazaga jiddiy ziyon yetmagan.

Avval Eronning Amerika bazasiga uyushtirgan hujumidan keyin hududdagi binolarga jiddiy zarar yetgani, raketalar zarbasining chuqur izlari qolgani haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, Tehrondan raketalarning qanday uchirilgani haqidagi video ham e’lon qilingandi.

8-yanvar oqshomida Eron AQShning Iroqdagi harbiy obyektlariga hujum uyushtirgan. Bu Bag‘dod aeroportiga AQSh bergan avizarba oqibatida halok bo‘lgan “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy o‘limi uchun qasos harakati. Operatsiya “Shahid Sulaymoniy” nomini olgan.

Mavzuga doir: 

Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy 3-yanvar kuni AQSh havo kuchlari tomonidan Bag‘dod aeroportiga berilgan aviahujum oqibatida halok bo‘lgan. Eron ushbu jinoyat uchun AQShdan ayovsiz qasos olishini bildirgan. Tehronning bu boradagi birinchi qadami 5-yanvar kuni yadro kelishuvidan butunlay chiqish bo‘ldi. Shuningdek, Eron parlamenti AQSh hamda Pentagonni terrorchilik tashkilotlari deb e’lon qilish haqidagi qonun loyihasini qabul qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют