» » Marg‘ilonda YPX xodimini mashina kapotida sudrab ketgan Spark haydovchisi 12 sutkaga qamaldi

Marg‘ilonda YPX xodimini mashina kapotida sudrab ketgan Spark haydovchisi 12 sutkaga qamaldi


Farg‘onada YPX inspektorining qonuniy talabini bajarmasdan bezorilik qilgan haydovchiga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.

8-yanvar kuni soat taxminan 11:15 larda Marg‘ilon shahar Mustaqillik ko‘chasida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX batalyoni YPX birinchi otryadi uchinchi safarbar guruhi YPX inspektori safdor A.Kenjayev svetaforning qizil chirog‘ida harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomobilni to‘xtatgan.

Haydovchi safdorning qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan. Shundan so‘ng safdor A.Kenjayev radioaloqa vositasi orqali Marg‘ilon shahar markazida xizmat olib borayotgan YPX inspektoriga mazkur avtomobil to‘xtamay harakatlanib borayotganligi haqida xabar bergan.

Safdor N.Kamolov shahar markazida Spark rusumli avtomobil haydovchisiga jezel yordamida to‘xtash ishorasini bergan vaqtida haydovchi safdor N.Kamolovning qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatni davom ettiradi. Natijada safdor avtomobilning old qismiga chiqib qoladi va haydovchi shu holatda Marg‘ilon shahar Oqmasjid chorrahasiga qadar harakatlanib boradi. Ushbu chorrahadagi svetafor oldida safdor N.Kamolovning Spark avtomobilidan tushib qoladi. Haydovchi esa harakatni davom ettirib, Mashad ko‘chasidagi 7-umumta’lim maktabi oldidagi elektr simyog‘ochga urilib, avtomobilni to‘xtatadi.

Mavzuga doir: Nukusda Spark haydovchisi YPX xodimini kapot ustida yarim kilometr “sayr qildirdi” (video)

Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilganda Spark rusumli avtomobil haydovchisi M.M.da haydovchilik guvohnomasi va ishonchnomasi mavjud emasligi sababli YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmaganligi aniqlangan. To‘plangan hujjatlar Marg‘ilon shahar ma’muriy sudiga taqdim qilingan va avtomashina haydovchisi M.M.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- va 194-moddalariga (“Mayda bezorilik”, “Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) asosan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют